Aziz yoshlar! “Sog‘lom inson — sog‘lom millat” umummilliy harakatiga qo‘shiling!

07/05/2025

🎓🎓 “Talabalar festivali” doirasida joriy yilning 8-may sanasidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start beriladi. Ushbu sinovlarda ishtirok etib, o‘z kuchingiz, tezligingiz, chidamliligingiz, egiluvchanligingiz va chaqqonligingizni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Sport sinovlari 8–25-may kunlari davomida barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadi.

👨‍🎓 Ishtirok etish uchun @Yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘tib, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” yo‘nalishini tanlang!