9-may “Xotira va qadrlaş kuni” munosabati bilan “Jadidçilik milliy ōzlik, istiqlol va davlatçilik ḡoyalari” mavzusida maʼrifiy tadbir bōlib ōtdi.
07/05/2025
🔰 Tarixning eng yuksak sahifalaridan birini yozgan insonlar – jadidlardir. Jadidlar – bu ōz zamonasining ilḡor, yuksak maʼrifatni tarḡib qilgan, xalqni uyḡotişga intilgan, ōz xalqining taraqqiyoti uçun kuraşgan jasoratli fidoyilardir. Ular ōzlarining ilm, maʼrifat va milliy uyḡoniş haqidagi ḡoyalari bilan xalqni yangi davrga olib kirgan. Jadidlar ōz zamonining mutafakkirlari, yangi ōqituvçilar, olimlar va madaniyat arboblari edilar. Ularning asarlari, yozgan kitoblari, taʼlim sohasidagi islohotlari nafaqat ōz vaqtida, balki bugun ham biz uçun ulkan ahamiyatga ega.
📌 Maʼlumot uçun, tadbir “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tayanç doktoranti Kamolova Ozodaxon Muzaffar qizi tomonidan taşkillaştirildi. Qolaversa, O.Kamolova yuqoridagi mavzu yuzasidan tadqiqot olib bormoqda va uşbu tadbirda izlanişlarining amaldagi tatbiqini “Maktabgaça taʼlim kafedrasi” talabalari bilan hamkorlikda turli çiqişlar, maʼruzalar orqali namoyiş etdi.