🏢 Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari I.Saparov va Denov tumani hokimi I.Abrorov hamda DTPI rektori O.Ro‘ziyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.Turdiyev, Nazar To‘rayevning shogirdlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
🔹 Denov tumanidagi “Chuqurqishloq” mahallasida tug‘ilgan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizika sohasida yirik olim Nazar To‘raevning nomi dunyoning ko‘pchilik davlatlarida ma’lum va mashhurdir. 📌 U 60 yillik mehnat faoliyati davomida Yadro fizikasi instituti aspiranti, Elektronika instituti ilmiy kotibi, Toshkent politexnika instituti kafedra mudiri, Termiz davlat universiteti rektori, Fanlar akademiyasining “FANUM” ilmiy-o‘quv markazi direktori kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
🖋 Akademik Nazar To‘raevning uy-muzeyida ish va hayotiy faoliyatiga oid ma’lumotlar, turli eksponatlar joy olgan.