⚡️ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hayotida muhim voqea yuz berdi. Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Rus tili taʼlim markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markazning ochilishi O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz. Ochilish marosimida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
📌 Markazning asosiy maqsadi – talabalarga rus tilini zamonaviy metodikalar asosida o‘rgatish, lingvistik va madaniy aloqalarni mustahkamlashdir. Bu maskan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda til o‘rganish jarayonini interaktiv va samarali tashkil etish imkoniyati mavjud. Rus tilini chuqur o‘rganish istagidagi yoshlar uchun bu – katta imkoniyat, ilm yo‘lida dadil qadam tashlash vositasidir.