🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti talaba-yoshlarining taklif va muammolarini o‘rganish va ular asosida ishlarni tizimli tashkil qilish maqsadida 4-bosqich talabalari ishtirokida “Rektor va talaba yoshlar uchrashuvi” tashkil qilindi.
✅ Mazkur uchrashuvda bitiruvchi hisoblangan 4-bosqich talabalarining ta’limdan keyingi faoliyatlari, Institutimizda yangidan faoliyat boshlagan talabalarni kasbga va xorijiy tillarga o’rgatish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash Karyera markazi hamda u yerda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so’z olib borildi.
⚡️ Institut rektori O.Ruziyev uchrashuv davomida institutning o‘quv-tarbiyaviy faoliyati, yoshlarni ilm-fan, kasb-hunar va tadbirkorlik sohalarida qo‘llab-quvvatlash borasidagi rejalari haqida so’zlab o‘tdi. Shuningdek, institut ma’muriyati talaba-yoshlarni o‘z iqtidorlarini hamda iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun barcha zarur shart-sharoit yaratib berishini ta’kidlab o‘tdi. Samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.