🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son 11.2-bandiga, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-5032-son qarorining 1-ilovasi 28.2-bandiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshiriqlariga muvofiq ravishda, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (Qo‘zichoqli mahallasi, Bog‘ ko‘chasi, 112-uyda joylashgan yangi o‘quv binosi)da umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiadaning ko‘p bosqichli (tuman–viloyat (shahar)–oliy ta’lim muassasasi) bosqichlari o‘tkaziladi.
🔸 O‘TKAZILISH VAQTI: Tuman bosqichi: 2025-yil 22-aprel, soat 9:00 dan 14:00 gacha Viloyat bosqichi: 2025-yil 24-aprel, soat 9:00 dan 14:00 gacha Oliy ta’lim muassasasi bosqichi: 2025-yil 26-aprel, soat 9:00 dan 14:00 gacha
🔹 DIQQAT! Olimpiada ishtirokchilari shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan kelishlari shart!
🔸 Aziz bitiruvchi yoshlar! Ilm – kuchdir! O‘z bilimingizni sinab ko‘ring va kelajagingiz sari ishonchli qadam tashlang!