Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Hindistonning Indira Gandhi Krişi Vishwavidyalaya (Raipur) universiteti bilan ōzaro hamkorlik memorandumi imzoladi.
Prezidentimizning 2020-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini kengaytiriş va yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari tōḡrisida”gi qaroriga muvofiq taşkil etilgan oliy taʼlim muassasasi ōtmişdan ilm-fan, madaniyat va maʼrifat rivojlangan janubdagi vohada buyuk ajdodlari anʼanalarini davom ettirib, xalqaro aloqalarni keng yōlga qōymoqda.
Jumladan, qisqa davrda dunyoning Qatar, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya, Afḡoniston, Tojikiston, Qozoḡiston kabi kōplab davlatlaridagi 80 dan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasasi bilan ōzaro hamkorlik ōrnatdi.