🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida rektor huzuridagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ijro intizomi, institutning 5-yilligi bayramiga tayyorgarlik, institutda “Kelajakka qadam” markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, “Karyera kuni” mehnat yarmarkasini tashkil etish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarning axborotlari tinglandi.
🌸 DTPI va Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🏢 Pedagogika fakulteti dekani vazifasini bajarib kelgan hozirda boshqa vazifaga o‘tishgan Sh.K.Mahmudov va Filologiya fakulteti dekani vazifasida ishlab kelgan Sh. Amanqulovlarning ko’p yillik fidokorona mehnatlari e’tirof etildi.