Ichki turizm

15/04/2025

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30-apreldagi“ Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-232-sonli qarori 16-bandi ijrosini ta’minlash, respublika hududidagi tarixiy maskanlarga sayohatlarni (ziyorat turizmi) tashkil etish, talabalarning murojaatlarini o‘rganish jarayonidagi nazariy bilimlarni bevosita amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida Filologiya fakultetining “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishi tyutorlari M.Do’satova, Z.Beknazarov va faol talabalari Samarqand shahridagi “Registon” maydoni, “Shohizinda” majmuyi va “Hazrati Xizr” ziyoratgohi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi hamda Muzeyiga, Bibixonim madrasasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi, tarixiy maskanlar va muqaddas qadamjolarda bo‘ldilar.