Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti – 5 yoşda!
16/04/2025
Bugun biz faxr bilan ayta olamiz — institutimiz qisqa vaqt içida yuksak taraqqiyot bosqiçlarini bosib ōtib, xalqaro miqyosdagi nufuzli taʼlim muassasalaridan biriga aylandi.
🗓 2025-yil 16-aprel kuni institutimiz taşkil topganining 5 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bōlib ōtadi!
🌍 Bayramda nafaqat Ōzbekistonning turli hududlaridan, balki Tojikiston, Afḡoniston, Qozoḡiston, Qirḡiziston, Hindiston va boşqa xorijiy davlatlardan mehmonlar iştirok etişi kutilmoqda. Bu esa institutimizning keng qamrovli xalqaro aloqalari va yuksak nufuzining ifodasidir.
💫 Aziz ustozlar, talabalar va hurmatli mehmonlar! Sizlarni uşbu qutluḡ sana — institutimizning 5 yillik tarixini birgalikda nişonlaşga çorlaymiz!