🏢 Bugun, 11-aprel kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Korrupsiyani faqat birgalikda to‘xtata olamiz” mavzusida “Prokuror va talabalar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
🔰 Unda Denov tuman prokurorining yordamchisi F.Jo‘raev, DTPI ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b. B.Djuraev, tuman IIB profilaktika inspektori O.Toshtemirov, tuman kengashi korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zosi M.Abduraimov hamda tuman kengashi deputati R.Mamatmuradov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sh.Hamzaev hamda professor oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
✨ Tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʼyicha tizimli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha viloyat prokuraturasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi “Memorandum” va qo‘shma reja grafikka asosan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.