Karyera markazi kasb va til ōrgatişga xizmat qiladi
12/04/2025
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida taşkil etilgan “Karyera markazi”da bir vaqtning ōzida 200 nafar talabaning turli kasblarga va turli tillarga ōqitiş imkoniyati mavjud.
📌 Binoning birinçi qavatida tikuvçilik va amaliy sanʼat, qandolatçilik, gōzallik saloni, ōḡil bolalar sartaroşxonasi, 2-qavatda esa turli xorijiy tillarni ōrgatiş tōgaraklari faoliyati yōlga qōyilgan.
🌸 Markaz nafaqat talabalarning işga joylaşişiga yordam beradi, balki ōqişdan bōş vaqtlarida mustaqil taʼlim oliş, hunar ōrganiş hamda ōz bilim, qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirişlariga imkoniyat yaratadi.
✅ Bu erda koreys, yapon, xitoy, nemis, turk, ingliz, italyan va rus tillarini ōrgatuvçi ōquv kurslari taşkil qilingan bōlib, ōquv kurslarida institutimizning malakali ōqituvçilari hamda xorijiy til biliş sertifikatiga ega eng bilimli bakalavr va magistratura talabalari dars berişadi.