Hamkorlik

09/04/2025

🏢Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va Oltinsoy tumanidagi maktablar hamkorligi asosida Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari Oltinsoy tumanidagi 38-39-umumta’lim maktablarga tashrif buyurib, seminar-treninglar tashkil etishdi.
📌 Kafedra mudiri p.f.f.f.d (PhD), dotsent D.Boboqulova rahbarligidagi jamoa maktabning o’qituvchilari, o‘quvchilari bilan doimiy aloqada bo’lib, turli mavzu doirasida davra suhbati, seminar-treninglar tashkil etib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.
✅ Uchrashuvlar davomida, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoaviylik, xulq-atvor, o‘quvchilarni oliy ta’limga jalb etish, sog‘lom muhitni yaratish, o‘qituvchilarning pedagogik-psixologik mahoratini oshirish masalalari yuzasidan psixologik treninglar ham tashkil etib kelinmoqda.