🏪 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Oltinsoy tumandagi 20 ta umumta’lim maktabini metodik qo’llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirish, maktablarda faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning kasbiy mahoratini va o’quv samaradorligi oshirish maqsadida 2025-yilning 27-mart – 1-aprel kunlari oralig’ida “Dolzarb haftalik” tashkil etilgan.
✅ Ayni vaqtda tumandagi 22-, 23-, 24-, 25-, 26-, 27-, 29-, 30-, 31-, 32-, 33-, 34-, 35-, 36-, 37-, 38-, 39-, 40-, 41-, 43-umumta’lim maktablarining Informatika fani o’qituvchilari uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Saidaxmedov Eldor Islomovich tomonida “Robototexnikaning bugungi kunni va kelajagi” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tmoqda.