Talabalarga taʼlim granti bir ōquv yili uçun ajratiladi

02/04/2025

🏢 Filologiya fakultetida Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi tōḡrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, mazkur qaror va unga ilova – Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi tōḡrisidagi nizomning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkaziş maqsadida seminar-trening taşkil etildi.

🌸 Trening davomida talabalarga Registrator ofis boşliḡi Ş.Amankulov tomonidan taʼlim grantini yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan qayta taqsimlaş sxemasi, talabgorlarning ijtimoiy faolligini baholaş mezonlari haqida tuşunçalar berildi.

🔷 Tadbirda fakultet masʼullari, professor-ōqituvçilar, tyutorlar, talabalar iştirok etişdi.