Prezident topshirigʻi ijrosini ta’minlash rektor nazoratida

25/03/2025

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻi ijrosini (2024-yil 13-dekabrdagi videoselektor 60-sonli) nazorati yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev, Ta’lim sifati inspeksiyasi boshligʻi Sh.Suyunov Aniq va tabiiy tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi qoshida tashkil etilgan umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun “BIOLOGIYA” fani kursi faoliyati bilan tanishishdi.

❇️ Institut rektori O.Ruziyev o’quvchi yoshlarga, talabalarni bilim olishlari uchun institutda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Kurs faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida fakultet dekani B.Iraliyev va kafedra mudiri M.Hamroyevaga qo’shimcha topshiriq berildi.

✅ Institutimiz rektori O.Ruziyev dars mashgʻulotlarini a’lo darajada o’zlashtirayotgan o’quvchi yoshlarga maxsus qo’llanmalar va darsliklarni sovg’a sifatida topshirdi.