“REKTOR VA YOŞLAR UÇRAŞUVI” BŌLIB ŌTDI

25/03/2025

⚡️Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talaba-yoşlarning taklif va muammolarini ōrganiş, ular asosida iş taşkil qiliş maqsadida “Rektor va yoşlar uçraşuvi” taşkil qilindi.

🔹 Institut rektori O.Ruziyev uçraşuv davomida institutning ōquv-tarbiyaviy faoliyati, yoşlarni ilm-fan, kasb-hunar va tadbirkorlik sohalarida qōllab-quvvatlaş borasidagi rejalari haqida gapirib ōtdi. Şuningdek, yoşlarni ōz maqsadlariga erişiş uçun zarur bōlgan bilim va kōnikmalarga ega bōlişlariga yordam beriş, ularni har tomonlama rivojlantiriş muhimligini taʼkidlab ōtdi. Samimiy tarzda ōtgan uçraşuv davomida yoşlar ōz fikr mulohazalari bilan faol iştirok etdilar.