“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika kōrik-tanlovi yakunlandi

26/12/2025

🏛 Talaba va ōquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika kōrik-tanlovi yakuniy bosqiçi bōlib ōtdi. Unda tanlovning barça nominatsiyalari bōyiça saralaş jarayonidan muvaffaqiyatli ōtgan nomzodlar ōz taqdimotlari bilan iştirok etdilar.

☑️Bugun “Yilning eng faol ijodkor talabasi” hamda “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalari bōyiça iştirokçilarning taqdimotlari baholandi. Yakuniy natijalarga kōra, nominatsiya ḡoliblari rōyxati quyidagiça kōriniş oldi:

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
🥇1-ōrin: Qahramon Sattixōjayev – NamDU talabasi;
🥈2-ōrin: Nilufar Ruxillayeva – ŌzMU talabasi;
🥉3-ōrin: Umida Tursinbayeva – ŌzDK Nukus filiali talabasi;
🥉3-ōrin: Aziza Şaxobiddinova – ADPI talabasi.

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”
🥇1-ōrin: Şaxzoda Imomaliyeva – DTPI talabasi;
🥈2-ōrin: Zebiniso Tairova – NDPI talabasi;
🥈2-ōrin: Mohinur Orifjonova – FarDU talabasi;
🥉3-ōrin: Gōzal Yusupova – ŌzMPU talabasi.

↪️Tanlov bōyiça taqdimotlar yakunlanganidan sōng, Markaz rahbari Abdumalik Akramov tanlov iştirokçilarini adolatli va şaffof baholab borgan Hakamlar hayʼati aʼzolariga taşakkurnomalar topşirdi. Şuningdek, nominatsiyalar bōyiça 4-, 5-ōrinlarni egallagan iştirokçilarga vazirlik faxriy yorliqlari berildi.

☑️Eslatib ōtamiz, tanlovning barça nominatsiyalari bōyiça uçala ōrin ḡoliblari tantanali taqdirlaş marosimida maxsus statuetka, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli darajadagi diplomlari va mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.