Yana bir xuş xabar. “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida tyutorimiz 2-ōrinni egalladi.
01/12/2025
🟢Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va ōquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan bir neça yillardan beri muntazam ōtkazib kelinayotgan “Islohotlar bilimdoni” Respublika kōrik-tanlovi taʼlim muassasalari pedagoglari va talabalari uçun muhim ijodiy-maʼrifiy maydonga aylangan.
🟢Quvonç bilan taʼkidlaymizki, uşbu nufuzli tanlovning “Eng yaxşi tyutor” nominatsiyasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori Xidirov Boburjon Tojimurodoviç iştirok etib, 200 ga yaqin davlat OTM va nodavlat OTM vakillari içida faxrli 2-ōrinni qōlga kiritdi!
🟢Bu yuksak natija — nafaqat fakultet, balki butun DTPI jamoasi uçun katta faxr va ḡururdir. Boburjon Tojimurodoviçning yoşlar bilan işlaşdagi namunali tajribasi, taşabbuskorligi va masʼuliyatli mehnati munosib eʼtirof etildi.
✨DTPI jamoasi nomidan Boburjon Xidirovni tabriklaymiz.