Xorijiy til va adabiyoti(yuqori kurslar) kafedrasi

Professor

0

Dotsent

0

Katta o‘qituvchi

0

O‘qituvchi

0

PhD va DSc

0

Umumiy ma’lumot

        Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibida xorijiy tillar ta’limini yuqori bosqichlarda chuqurlashtirish, filologik yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Kafedra tashkil topganidan buyon xorijiy til o‘qitish metodikasi, lingvokulturologiya, tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

        Hozirgi kunda kafedraga D.D.Tog‘aymurodov rahbarlik qilmoqda. Uning rahbarligida kafedra jamoasi xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, interfaol metodlardan keng foydalanish, dars jarayonini elektron ta’lim vositalari bilan boyitish borasida faol ish olib bormoqda.

Kafedra tarkibida jami 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Ular orasida:

  • 2 nafar falsafa doktori (PhD),
  • 4 nafar katta o‘qituvchi
  • 7 nafar o‘qituvchi
  • 9 nafar stajyor-o‘qituvchilar mavjud.

        Professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy salohiyati institut miqyosida ko‘rsatkichi 9 % ni tashkil etadi.

        Kafedra nafaqat ta’lim sohasida, balki ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham yetakchi o‘rin egallab kelmoqda. Xususan, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ingliz, nemis, italyan, fransuz, arab va koreys tillarining lingvistik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish kabi mavzularda ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar yaratilib kelinmoqda. 

        Kafedrada 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 70110900 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Ilmiy faoliyat

        “Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi”da xorijiy tillar o‘qitish metodikasi, lingvokulturologiya, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik hamda xorijiy tillarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

        Kafedra jamoasi so‘nggi yillarda samarali ilmiy natijalarga erishdi. Shu yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilaridan 1 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi, 1 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritish arafasida.

        Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda xorijiy til va adabiyot ta’limiga oid 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya yaratilgan. Shuningdek, xalqaro (“Web of Science”, “Scopus”) bazalarida indeksatsiya qilinadigan jurnallarda hamda respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda 100 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.

        Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ishtirok etib, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, metodik yangiliklar va lingvokulturologik tadqiqotlar natijalarini taqdim etib kelmoqdalar.

Xalqaro hamkorlik faoliyati

        Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, tarjimashunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha xalqaro tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, talaba va o‘qituvchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida faoliyat yuritmoqda.

        Jumladan, Turkiyaning Firat universiteti, Rossiyaning Qozon davlat federal universiteti, Qozog‘istonning Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Povlodar pedagogika universiteti, Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti, Xitoyning Sian universiteti, shuningdek, Yaponiya va Belarus Respublikasidagi qator ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

        2024-yilning oktabr oyida kafedra mudiri D.D.Tog‘aymurodov Hindiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etilgan ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida English and Foreign Languages University (EFLU, Hyderabad) da malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlab, kafedra faoliyatiga zamonaviy tajribalarni olib keldi. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etib, xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarni tatbiq etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

        Bugungi kunda kafedra nafaqat MDH mamlakatlari, balki Yevropa va Osiyodagi qator ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirib, xorijiy til va adabiyot ta’limini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

TOG’AYMURODOV DILSHOD DILMURODOVICH

Qabul kunlari: Dushanba-juma, 10:00-15:00     

Telefon raqami: +998 91 577 05 07

Elektron pochta:  d.togaymuradov@dtpi.uz