Xorijiy til va adabiyoti(quyi kurslar) kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta o‘qituvchi
O‘qituvchi
PhD va DSc
Umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 17 apreldagi PQ–4681-son qaroriga muvofiq Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi. “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi 2020 yil sentabr oyida tashkil etilgan bo`lib, Termiz davlat universiteti Denov filialining “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi nomi bilan 2019 yil mart oyidan boshlab Respublikamiz uchun o’qituvchilik sohasi mutaxassislarini tayyorlagan.
2020-yil aprel oyidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi, 2020-yil sentabr oyidan boshlab esa “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi sifatida Respublikamizga yosh va intiluvchan malakali kadrlar tayyorlash yo`lida izlanish olib bormoqda. Institutning 2023 yil avgvustdagi Kengashi qarori bilan 2023 yil sentyabr oyidan kafedra Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi nomi bilan ikkita kafedrabo`lindi. Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o‘qituvchi jumladan 26 nafar o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
- 6 nafari PhD | DSc
- 4 nafar dotsent
- 5 nafari kata o’qituvchi
- 11 nafari o’qituvchi
- 4 nafari stajyor-o‘qituvchi.
Kafedrada 60110901 – “Xorijiy til va adabiyoti” quyi kurslar kafedrasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Ilmiy faoliyat
Zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda xorijiy tillarni talabalarga samarali va maqsadga muvofiq ravishda o‘rgatish bilan birga xorijdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda ularning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan doimiy netvorking tizimini yo‘lga qo‘yish, soha ekspertlari bilan seminar, trening va o‘quv kurslarini tashkil etishdir.
Xalqaro hamkorlik
Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, tarjimashunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha xalqaro tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, talaba va o‘qituvchilar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida faoliyat yuritmoqda.
SOBIRJONOVA MUXLISA SOBIRJONOVNA
Qabul kunlari: Dushanba – Juma– 09:00 dan 14:30 gacha
Telefon raqami: +998 90 522 05 60
Elektron pochta: m.sobirjonova11@gmail.com
Til aspektlari amaliyoti
Xorijiy til
Nutq ko’nikmalari integratsiyasi
Og’zaki nutq amaliyoti
O’qish va yozish amaliyoti
Amaliy grammatika va fonetika
Amaliy tilshunoslik
Nutq malakalarini baholash
Tilshunoslik
Adabiyotshunoslik