Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi

Professor

0

Dotsent

0

Katta ōqituvçi

0

Ōqituvçi

0

PhD va DSc

0

Umumiy maʼlumot

 

“Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi 2023-yilda t.f.d (DSc)., professor Ismatov Sunnatullo Şamsullayeviç taşabbusi bilan taşkil etilgan. Hozirgi kunda ham kafedraga texnika fanlari doktori, professor Ismatov Sunnatullo Şamsullayeviç rahbarlik qilmoqda.Kafedrada 14 nafar professor-ōqituvçilar faoliyat yuritadilar, jumladan,  3 nafar fan doktori (DSc), 1 nafar professor ilmiy unvonli, 8 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 5 dotsent ilmiy unvonli va 3 nafar ōqituvçilardir.  Ilmiy salohiyat 81,25% ni taşkil etadi. Kafedrada 60530100 – Kimyo (turlari bōyiça), 60710100 – Kimyo muhandisligi va 60720100 – Oziq-ovqat texnologiyasi (Işlab çiqariş turlari bōyiça) bakalavriat taʼlim yōnalişi,  70530101– Kimyo (fan yōnalişlari bōyiça) magistratura taʼlim yōnalişi bōyiça bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.

Ilmiy faoliyat

 

“Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar”  kafedrasi jamoasi 2023-2026 yillarda samarali natijalarga erişdi, jumladan, kafedra professor-ōqituvçilari 3 nafar fan doktori (DSc), 1 nafar professor, 5 nafar dotsent va 8 nafar texnika va kimyo fanlari bōyiça falsafa doktori (PhD) diplomlariga ega bōldilar. Kafedra professor-ōqituvçilari tomonidan 2 ta darslik, 15 ta ōquv qōllanma va 20 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda)  va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari tōplamlarida 100 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar naşr etildi.

Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari:  S.Ş.Ismatov. (DSc, 2024 y.), A.X.Raximov. (PhD, 2024 y.), X.R.Karimov. (PhD, 2024 y.), I.I.Bozorov (PhD, 2024 y.), B.Ş.Primkulov (PhD, 2024 y.), B.M.Xusanov. (PhD, 2024 y.), D.X.Şukurov. (Dotsent, 2024 y.), S.Ş.Ismatov. (Professor, 2025 y.), X.A.Adinayev (DSc, 2025 y.), K.B.Yorov (PhD, 2025 y.), S.E.Qorayev (PhD, 2025 y.), S.A.Buriyev (PhD, 2026 y.), G.S.Ruziboyeva (PhD, 2026 y.), A.X.Raximov (Dotsent, 2025 y.), X.X.Kulbaşeva (Dotsent, 2026 y.), I.I.Bozorov (Dotsent, 2026 y.), X.R.Karimov (Dotsent, 2026 y.).

Xalqaro hamkorlik faoliyati

 

Kafedra professor-ōqituvçilari Tojikiston Respublikasining Duşanbe şahrida joylaşgan Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston pedagogika universiteti, Tojikiston milliy universiteti,  Tojikiston Davlat texnologiya universiteti va Qozoḡiston Respulikasi Qozoḡiston Davlat texnika universiteti davlatlar bilan taʼlim tizim pedagoglarining malakasini hamda talabalarning Kimyo va kimyoviy texnologiya fanlariga bōlgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oşirib kelmoqda. Jumladan, Hindiston davlatining Nyu Dehli şahariga  2024-yilning 20-may-5-iyun kunlari kafedra v.b dotsenti X.X.Kulbaşeva  malaka oşiriş kursini ōtadi.    

ISMATOV SUNNATULLO ŞAMSULLAYEVIÇ

Ilmiy darajasi: texnika fanlari doktori

Ilmiy unvon: professor

Qabul kunlari: Duşanba, Seşanba – 10:00 dan 14:00 gaça

Telefon raqami: +998 93 471 53 72

Bakalavr

Organik kimyo
Umumiy kimyoviy texnologiya
Sanoat katalizatorlari va adsorbentlari
Organik sintez asoslari
Organik moddalar sintezi
Organik moddalarni spektral usulda tadqiq qiliş
Noorganik moddalar sintezining nazariy asoslari
Organik sintez korxonalarini loyihalaş asoslari
Noorganik kimyo
Kimyo tarixi
Kvant kimyosi va kvant mexanikasi
Modda tuzilişi
Аnalitik kimyo
Nanokimyo va nanotexnologiya
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
Kolloid kimyo
Kimyo ōqitiş metodikasi
Kompleks birikmalar kimyosi
Bioorganik kimyo
Kimyoviy texnologiya
Oziq-ovqat kimyosi va tahlili


Magistratura

Kimyoning zamonaviy muammolari
Kimyoda zamonaviy kompyuter modellaştiriş usullari
Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi
Organik moddalarning reaksion qobiliyati va selektivligi
Tabiiy biologik faol moddalar kimyosi