Uç avlod uçraşuvi – ustozga ehtirom ifodasi

22/09/2025

⚡️ 1-oktabr – “Ōqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Dōstlik” ordeni sohibi, taniqli tarixçi olim va ustoz Habibullo Ismatullaev iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” bōlib ōtdi. Tadbirda institut rektori O.Ruziyev, fakultet professor-ōqituvçilari hamda talaba-yoşlar qatnaşdilar.

📌 Mazkur uçraşuvda Habibullo Ismatullaev ōzining boy hayotiy va pedagogik tajribalari, ilm-fan yōlida bosib ōtgan maşaqqatli mehnat yōli haqida samimiy suhbat olib bordi. Tadbir davomida yoşlarga ilm oliş, kasbga sadoqat, ustozlarga hurmat va vatanparvarlik kabi yuksak qadriyatlar tarḡib qilindi. Bu kabi uçraşuvlar yoş avlodning ongini boyitib, ularga tōḡri yōl kōrsatişda muhim ahamiyat kasb etadi.