Texas Tech University professori DTPIda

13/10/2025

🏛 Bugun Texas texnologiya universiteti biotexnologiya professori Raviprakaş Dani Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetiga taşrif buyurdi.

♻️ Professor Dani dastlab institut rektori O.A. Ruziyev bilan uçraşib, ikki oliygoh ōrtasidagi ilmiy va akademik hamkorlik istiqbollari, xususan, qōşma tadqiqotlar, professor-ōqituvçilar almaşinuvi hamda talabalar uçun xalqaro amaliyot dasturlarini yōlga qōyiş masalalarini muhokama qildi.

📌 Şundan sōng professor fakultet jamoasi bilan uçraşib, ōquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot işlari va talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

📍 Taşrif davomida Raviprakaş Dani DTPIning xalqaro hamkorlik aloqalari, taʼlim sifatini oşiriş yōlidagi saʼy-harakatlarini yuksak eʼtirof etdi.

🔹 Mazkur taşrif DTPI va Texas Tech University ōrtasidagi ōzaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş, qōşma ilmiy loyihalar hamda taʼlim dasturlarini rivojlantiriş sari muhim qadam bōldi.