Termizda “Surxondaryo – Xitoy” xalqaro forumi bo’lib o‘tmoqda

14/08/2026

Joriy yilning 14-16-avgust kunlari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida ilk marta bo‘lib o‘tadigan “Surxondaryo­ – Xitoy” investitsiya forumiga puxta hozirlik ko‘rildi.

Mingdan ortiq xorijiy va mahalliy tadbirkor qatnashishi kutilayotgan forumda Xitoyning 289 ta kompaniyasi vakillari ishtirok etishi mo‘ljallangan. Shuningdek, anjumanga qo‘shni Afg‘oniston davlatidan ham ellikdan ziyod tadbirkor taklif etilgan.

Forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev ham faol ishtirok etmoqda.