Termiz şahridagi 11506-harbiy qismda oliy taʼlim muassasalari ōrtasida “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasi bōlib ōtdi
15/03/2025
⚡️Termiz şahridagi 11506-harbiy qismda oliy taʼlim muassasalari ōrtasida “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasi bōlib ōtdi. Şuningdek, musobaqada iştirokçilar bir qator harbiy va jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ōtişdi.
📌 Maʼlumot uçun, musobaqa quyidagi şartlardan iborat bōldi: AK-74 qurolini qismlarga ajratiş va yiḡiş, gaz niqobi bilan yuguriş, jarohatlangan jangçiga birinçi yordam kōrsatiş hamda uni jang maydonidan olib çiqiş, toş kōtariş, qōl kuraşi, turnikda tortiliş va arqon tortiş.
🏆 Quvonarlisi şundaki, qizḡin bellaşuv yakunida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi faxrli 3-ōrinni qōlga kiritdi.