TerDUda “Yosh oilalarda ajrim: sabablar, miflar va real omillar” mavzusida respublika seminar-treningi o‘tkazildi
21/05/2026
Unda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar, psixologlar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yosh oilalarda uchrayotgan muammolar, ajrimlarga olib keluvchi ijtimoiy-psixologik omillar, oilaviy munosabatlardagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.
Seminar-trening interaktiv muloqotlar, amaliy mashg‘ulotlar va psixologik treninglar asosida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida bu kabi seminarlar yoshlar orasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.