TARIXIY OBIDALAR — YOSHLAR UCHUN MA’NAVIYAT VA TARBIYA MASKANI
19/11/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari ishtirokida “Jarqo’rg’on minorasi” tarixiy obida hududida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga yurtimizning boy tarixiy merosi, qadimiy me’moriy obidalarning o‘ziga xos jihatlari, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Samimiy muloqot jarayonida yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni chuqur o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirasini mustahkamlash va milliy o‘zlikni anglashida muhim ahamiyat kasb etadi.