TAʼLIM SIFATI NAZORATI BŌLIMI
ŞUKUROV DILMUROD XURSANOVIÇ
texnika fanlari doktori (DSc), dotsent
- Qabul vaqti: Duşanba, Çorşanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gaça
- Telefon raqami: +99876 228-082-7
- ichki raqam: 113
- Elektron poçta: shdilmurod@dtpi.uz
Biografiya
2010-2014-yy. – Termiz davlat universiteti kimyo taʼlim yōnalişi talabasi.
2014-2016-yy. – Termiz davlat universiteti magistratura bōlimi talabasi.
2016-2018-yy. –Termiz davlat universiteti “Kimyo” kafedrasi ōqituvçisi.
2018-2020-yy – Termiz davlat universiteti “Noorganik va analitik kimyo” kafedrasi ōqituvçisi.
2020-2022-yy – Termiz davlat universiteti “Noorganik va analitik kimyo” kafedrasi tayanç doktoranti.
2020-2023-yy – Termiz davlat universiteti “Noorganik kimyo” kafedrasi katta ōqituvçisi.
2023-2024-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi katta ōqituvçisi.
2024-yil 4-sentyabrdan 2025-aprel oyigaça Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Magistratura bōlimi” boşliḡi.
2025-yil 2-iyundan h.v – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Taʼlim sifatini nazorati” bōlimi boşliḡi.
Bōlimni taşkil etilişi haqida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibidagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş bōlimi Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 18-iyuldagi “Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspektsiyasi faoliyatini taşkil etiş tōḡrisida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq taşkil etilgan bōlib, bevosita Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibiga kiradi.
Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlaş va taʼlim xizmatlari kōrsatiş tizimini takomillaştiriş bōyiça qōşimça çora-tadbirlar tōḡrisida”gi PF-76-sonli Farmoniga asosan “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzirida Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi taşkil etildi.
Farmonining 7-bob, “v” bandi bilan taʼlim sifatini nazorat qiliş bōlimining nomi taʼlim sifati nazorati bōlimiga ōzgartirildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2025-yil
15-avgustdagi “Taʼlim sifatini nazorat qiliş bōlimining nomini ōzgartiriş tōḡrisida”gi 197-A-sonli buyruḡi bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti taʼlim sifatini nazorat qiliş bōlimining nomi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti taʼlim sifati nazorati bōlimiga ōzgartirildi.
Bōlim faoliyati haqida
Bōlim ōz faoliyatini: Ōzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ōzbekiston Respublikasining “Taʼlim tōḡrisida”gi qonuni, Ōzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyişlari, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi qaror va buyruqlari, Ōzbekiston respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlaş Milliy agentligi hamda institut rektori buyruqlari va qonuniy kōrsatmalariga, şuningdek bōlim tōḡrisidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bōlimda amalga oşirilgan işlar, muammolar va kamçiliklar tōḡrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravişda institut rektoriga hamda Taʼlim sifatini taʼminlaş Milliy agentligiga taqdim etadi.
Bōlimning asosiy vazifalari:
– taʼlim yōnalişlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, ōquv rejalari va fan dasturlari bilan taʼminlanganligini tahlil etiş va ularni ekspertiza qiliş;
– institutda taʼlim jarayoni sifatini, uning ōquv adabiyotlari va ōquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini ōrganiş;
– institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini ōrganib boriş, tahlil qiliş;
– taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlaş;
– kadrlar tayyorlaş sifati monitoringini yuritiş;
– institutni içki attestatsiyadan ōtkazişni taşkil etiş, natijalari bōyiça taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvçi omillarni aniqlaş, maʼlumotlarni institut rektoriga hamda taʼlim sifatini taminlaş Milliy agentligiga taqdim etiş;
– attestatsiya, taʼlim sifatini ōrganiş bilan boḡliq jarayonlarda institutda aniqlangan kamçiliklar va nuqsonlarni ōz vaqtida bartaraf etilişi ustidan nazorat ōrnatiş;
– taʼlim sifatini belgilovçi kōrsatkiçlarning holatini monitoring qiliş va aniqlangan muammolar va kamçiliklar yuzasidan tegişli tarkibiy tuzilmalarga takliflar beriş;
– taʼlim sifatini oşiriş maqsadida professor-ōqituvçilarning malakasini oşiriş jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalaniş samaradorligini tahlil qiliş;
– institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bōlim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, şuningdek oliy ōquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oşiriş va qayta tayyorlaş yōnalişlaridagi sifat darajasini aniqlaş maqsadida içki monitoringni ōtkaziş, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaş, aniqlanagan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş bōyiça institut rahbariyatiga takliflar kiritiş;
– institut professor-ōqituvçilari tayanç maʼlumotlarining tegişli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiliş yoki ularning tegişli qayta tayyorlaşdan ōtganligini yoki mos – ixtisoslik bōyiça ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini ōrganiş va xulosalarni institut rektoriga maʼlum qiliş;
– institutning ōquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy işlar rejalarining bajarilişini monitoring qiliş;
– taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qiliş, uni rivojlantiriş va takomillaştiriş bōyiça takliflar beriş;
– institutda talabalar amaliyotining taʼlim yōnalişlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda taşkil etilganligini va uning samarasini nazorat qiliş;
– taʼlim sifatini taʼminlaş Milliy agentligining topşiriḡiga binoan institut reytingini aniqlaşga va baholaşga oid maʼlumotlarni tōplaşda, ōtkaziladigan attestatsiya va taʼlim sifatini ōrganiş bilan boḡliq jarayonlarda iştirok etiş;
– talabalar bilimini baholaş jarayonini tahlil qiliş asosida reyting ballarining xolisligini, şaffofligini va sifat darajasini baholaş;
– institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlaş va taʼlim sifatini ōrganiş maqsadida doimiy ravişda talaba, ota-ona, professor-ōqituvçi va kadrlar isteʼmolçilari ōrtasida ijtimoiy sōrovlar ōtkaziş;
– bōlim xodimlarining kasbiy mahoratini oşiriş, Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamḡarmasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli ōquv va ilmiy markazlari tajribasini ōrganiş va ularni taʼlim jarayoniga tadbiq etiş;
– institut reytingini xalqaro darajaga kōtarişga qaratilgan çora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda işlab çiqiş va uni ijrosini taʼminlaşda faol iştirok etiş;
– institut tegişli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan ōquv seminarlari va treninglarni ōtkaziş;
– institutda jamoatçi ekspertlar bazasini şakllantiriş va ular bilan qōyilgan vazifalar doirasida seminar maşḡulotlarini muntazam ravişda ōtkazib boriş;
– ōquv jarayoni bilan işlab çiqariş ōrtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion ḡoyalar, işlanma va texnologiyalarning amaliy tatbiḡi masalalari monitoringini yuritiş;
– institut Kengaşida, davra suhbatlari va anjumanlarda bōlim tomonidan taʼlim sifatini oşirişga oid amalga oşirilgan ōrganiş va monitoring natijalari tōḡrisida maʼlumotlar berib boriş;
– taʼlim sifati holatini ōrganiş natijalariga asoslanib tegişli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etiş.
Institutda taʼlim sifati, ōquv jarayoni, dars sifati, baholaş adolatliligi hamda taʼlim jarayoniga oid murojaat, taklif va şikoyatlarni tezkor qabul qiliş maqsadida TAʼLIM SIFATI NAZORATI BŌLIMIning rasmiy Telegram boti işga tuşirildi
Siz uşbu bot orqali:
taʼlim sifati bōyiça murojaat yuborişingiz
taklif va fikrlaringizni bildirişingiz
mavjud muammolar haqida xabar berişingiz mumkin.
Barça murojaatlar maxfiy saqlanadi.
Har bir murojaat maxsus ID kod orqali nazorat qilinadi.
Bot havolasi:
https://t.me/Dtpi_ts_bot