Taʼlim granti tanlovi uçun arizalar qabul qilinadi
07/07/2025
Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi tōḡrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlaş tartibi belgilangan.
Taʼlim granti tanlovida 2024/2025 ōquv yilida bakalavriat taʼlim yōnalişlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan birinçi kurs talabalari iştirok etişi mumkin.
Taʼlim grantiga talabgorlardan joriy ōquv yilida ōzlaştiriş bōyiça GPA kōrsatkiçi 3,5 va undan yuqori bōlişi talab etiladi.
Onlayn rōyxatdan ōtiş joriy yilning 20-iyulgaça (şu kuni ham) davom etadi.
Rōyxatdan ōtmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, şuningdek, ijtimoiy-raḡbatlantiruvçi grant sohibi bōlgan talabalar taʼlim granti tanlovida iştirok eta olmaydi.
Savollar yoki rōyxatdan ōtişda muammolar bōlsa Registrator ofisiga murojaat qilişingiz mumkin.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Ş.Raşidov kōçasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona +998 76 228 08 27