Taʼlim granti tanlovi uçun arizalar qabul qilinadi
19/07/2025
📌 Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi tōḡrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlaş tartibi belgilangan.
🎓 Taʼlim granti tanlovida 2024/2025 ōquv yilida bakalavriat taʼlim yōnalişlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan birinçi kurs talabalari iştirok etişi mumkin.
🔹 Taʼlim grantiga talabgorlar uşbu havola https://dtpi.uz/talim-granti-tanlovi-uchun-ariza-topshirish/ orqali onlayn rōyxatdan ōtgan holda ariza topşirişlari lozim.
🗺 Taʼlim grantiga talabgorlardan joriy ōquv yilida ōzlaştiriş bōyiça GPA kōrsatkiçi 3,5 va undan yuqori bōlişi talab etiladi.
❗️ Onlayn rōyxatdan ōtiş joriy yilning 20-iyulgaça (şu kuni ham) davom etadi.
❌ Rōyxatdan ōtmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, şuningdek, ijtimoiy-raḡbatlantiruvçi grant sohibi bōlgan talabalar taʼlim granti tanlovida iştirok eta olmaydi.
💬 Savollar yoki rōyxatdan ōtişda muammolar bōlsa Registrator ofisiga murojaat qilişingiz mumkin.
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Ş.Raşidov kōçasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona +998 76 228 08 27