🔹 2025-yil 3-oktyabr kuni Termiz şahridagi “Bobur” istirohat boḡida “TalabaExpo–2025” kasb kōrgazmasi bōlib ōtmoqda. Tadbir Ōzbekiston Milliy banki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambaḡallik va bandlik vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoşlar agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan taşkil etilgan.
🔸 Kōrgazmada 100 dan ortiq korxona iştirok etadi, 1200 ga yaqin iş ōrinlari, amaliyot va stajirovkalar taklif etiladi. Tadbir bitiruvçilarni bandligini taʼminlaş va biznes taşabbuslarini qōllab-quvvatlaşga qaratilgan. Uşbu jarayonlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol iştirok etmoqda.