Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Dekan va yoşlar” uçraşuvi ōtkazildi
03/03/2026
⚡️ Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida talaba-yoşlar bilan oçiq muloqotni kuçaytiriş, ularning taklif va taşabbuslarini qōllab-quvvatlaş hamda taʼlim jarayonidagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş maqsadida “Dekan va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi.
⚡️ Uçraşuvda fakultet dekani hamda talaba-yoşlar iştirok etib, taʼlim sifati, talabalarning ilmiy faoliyati, amaliyot jarayonlari, bandlik masalalari va yoşlarning bōş vaqtini mazmunli taşkil etiş yuzasidan oçiq fikr almaşildi.
🤝 Muloqot davomida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslar tinglanib, ularni amalga oşiriş bōyiça tegişli vazifalar belgilab olindi.