Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boşqarişni yaxşilaş (Hazarboḡ-Oqqapçiḡay kanallari tizimini qayta tiklaş
02/01/2025
Xabar berilganidek, Islom taraqqiyot banki iştirokida umumiy qiymati 121,7 mln dollar bōlgan “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boşqarişni yaxşilaş (Hazarboḡ-Oqqapçiḡay kanallari tizimini qayta tiklaş)” loyihasi amalga oşirildi. Loyiha doirasida vohamizning 5 ta tumanidan ōtuvçi Hazarboḡ-Oqqapçiḡay kanallari tizimining 156 km qismi rekonstruksiya qilindi, 538 dona gidrotexnik inşoot hamda 27 dona avtomobil kōprigi qurildi.
Bugun mazkur yirik loyihaning foydalanişga topşirilişi munosabati bilan tantanali tadbir ōtkazildi. Unda Ōzbekiston Respublikasi Suv xōjaligi vaziri Şavkat Xamrayev va Surxondaryo viloyati hokimi Uluḡbek Qosimov, tumanlar hokimlari hamda davlat va jamoat taşkilotlari, nuroniylar, faollar iştirok etdi.
Loyihaning foydalanişga topşirilişi hisobiga 103,4 ming gektar maydonning suv taʼminotini yaxşilaş, jumladan, Şerobod tumanidagi 38,5 ming gektar maydonni ōzi oqar suv taʼminotiga ōtkaziş, suv isrofini 40 foizga kamaytiriş, yetkazib berişni 3-4 kundan 16 soatgaça qisqartiriş, yangi adirlik yerlarni foydalanişga kiritiş hamda 232 ming aholining qişloq xōjaligida bandligini taʼminlaş imkoniyati yaratilganligi qayd etildi.
Suv xōjaligi vaziri Surxondaryoda barça sohalarda loyihalar tizimli amalga oşirilayotganligini, aholi turmuş farovonligi yildan yilga yaxşilanib borayotganligini taʼkidladi. Tadbirda sōz olgan nuroniylar Prezidentimizning uzoqni kōzlab, suv xōjaligini rivojlantirişga qaratayotgan eʼtibori sabab kanallarni betonlaş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hisobiga yangi yerlarni foydalanişga kiritiş imkoniyati yaratilayotganligidan minnatdor ekanliklarini bildirişdi.
Şuningdek, tadbirda “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi salohiyatini oşiriş maqsadida 4 ta ekskavator, 10 ta yuk taşuvçi motoroller, 4 ta avtomobil (pikap rusumli), 6 ta traktor va 4 ta tirkama topşirildi.