SAYOHAT-YOŞLAR MAʼNAVIYATINI BOYITADI

03/11/2025

Xabaringiz bor, joriy yilning 9-aprel kuni Prezidentimiz raisligida ōtgan videoselektor yiḡilişida har oyning bir şanba yoki yakşanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga çiqiş kuni” sifatida belgilanişi taʼkidlangan edi.

Mazkur taşabbus doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va iqtidorli talabalari hamrohligida tumandagi Xōja Alovuddin Attor Vali va Xaydarqul xojibobo ziyoratgohlari hamda “Çuqurqişloq” mahallasida joylaşgan Ōzbekiston Respublikasida xizmat kōrsatgan fan arbobi, mehribon ustoz Nazar Tōrayev uy muziyiga sayohat uyuştirişdi.

Sayohat davomida iştirokçilar tarixiy obidalar, madaniy maskanlar va zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan tanişib, unutilmas taassurotlar oldilar.

Bunday taşabbuslar nafaqat dam oliş va hordiq çiqariş, balki tumanimiz gōzalliklarini kaşf etiş, olimlarni ibratli hayot yōli bilan yaqindan tanişiş va jamoada dōstona muhitni mustahkamlaşga xizmat qiladi.