Sanoat mahsulotlari kōrgazmasi

29/03/2026

Bugun Denov tumanidagi “Qōziçoqli” yoşlar sanoat zonasida taşkil etilgan kōrgazma maydonida Afḡoniston işbilarmon doira vakillari iştirokida Afḡonistondan salohiyatli tadbirkorlar taşrif buyurişib, sanoat mahsulotlari kōrgazmasida iştirok etişdi.

Mehmonlarga hududda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalarning işlab çiqariş quvvati, yaratilgan iş ōrinlari hamda eksport salohiyati haqida maʼlumot berildi. Delegatsiya aʼzolari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda bōlib, işlab çiqariş jarayonlarini kōzdan keçirişdi.

Kōrgazmada DTPI vakillari ham faol iştirok etişdi. Ilmiy işlar va innovatsiyalar bōyiça prorektor R.Şukurov Afḡonistonlik tadbirkorlar bilan kelgusida ōzaro hamkorlik yuzasidan kelişib olişdi.