Rus tili va adabiyoti kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta o‘qituvchi
O‘qituvchi
PhD va DSc
Umumiy ma’lumot
Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2020-yildagi 21-oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent J.G.Choriyev rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 24 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, jumladan, 1 nafar dotsent, 2 nafar falsafa doktorlari (PhD) va 4 nafar katta o’qituvchilardir. Ilmiy salohiyat 12.5% ni tashkil etadi.
- 60111700 – Rus tili o`zga tilli guruhlarda ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavriat bosqichida talabalar tayyorlanib kelinmoqda.
- 70111501 – Ona tili va adabiyoti:rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda ta`lim yo`nalishi bo`yicha magistratura bosqichida talabalar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari kechki ta`lim yo`nalishi bo`yicha ham talabalarga ta’lim berilmoqda.
Ilmiy faoliyat
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi jamoasi 2022-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 2 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 100 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Musurmankulova M.N. ((PhD, 2022 y.), Choriyev J.G. (PhD, 2023 y.)
Xalqaro hamkorlik
Kafedra professor-o‘qituvchilari Rossiya-Tojik (Slavyan) universiteti (RTSU), Altay davlat universiteti (ADU), Adigey davlat universiteti (AdigDU), Rossiya xalqlar do’stligi universiteti (RUDN), kabi universitetlarda malaka oshirish kursini o‘tadilar.
Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, Rossiya-Tojik (Slavyan) universiteti (RTSU), Altay davlat universiteti (ADU), Adigey davlat universiteti (AdigDU), Rossiya xalqlar do’stligi universiteti (RUDN), hamda institut qoshida Nijegorodsk davlat lingvistika universiteti (NGLU) bilan hamkorlikda Rus tili va madaniyat markazi (RTMM). Hamkorlik doirasida rus tilini o’qitish metodikasi bo’yicha ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.
CHORIYEV JURAKUL GAFFAROVICH
Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori
Ilmiy unvon: v.b. dotsent
Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 88 850 93 63
Elektron pochta: choriyev63@mail.ru
Qiyosiy tipologiya
Lingvomamlakatshunoslik
Hozirgi adabiy rus tili
Rus tili stilistikasi va nutq madaniyati
Jahon adabiyoti tarixi
Rus adabiyoti tarixi
Amaliy rus tili
Mutaxasisslika kirish va rus tili
Zamonaviy adabiy rus tili tilshunoslik asoslari
Rus tili amaliy grammatikasi
Chet el adabiyoti tarixi
Chet el bolalar adabiyoti