⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talaba-yoşlari ōrtasida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida institut rektori Oybek Ruziyev hamda Denov tuman IIB vakillari bitiruvçi yoşlar bilan oçiq muloqot tarzida uçraşuv ōtkazdi.
📌 Uçraşuv davomida bitiruvçi talabalarga yōl-yōriq, samimiy tilaklar bildirildi va ularning kelgusi faoliyatlari, kasb tanlovi, jamiyatdagi ōrni, bilim va salohiyati haqida muhim fikrlar ilgari surildi. Qolaversa, talaba yoşlarga “Kelajakka qadam” loyihasi va talabalarning bandligi masalasi bōyiça alohida tuşunçalar berildi.
🔹 Institut rektori bitiruvçilarga işonç bildirdi hamda ulardan vatan taraqqiyotiga ōz hissalarini qōşadigan yetuk, masʼuliyatli, izlanuvçan va fidoyi mutaxassislar bōlişlarini kutib qolişini taʼkidladi.