Registrator ofisi boshlig‘i
AMANQULOV SHAVKAT QUDRATOVICH
- Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma – 09:00 dan 16:00 gacha
- Telefon raqami: +998 76 228 08 27
- Ichki raqam: 205
- Elektron pochta: amankulov_972@mail.ru
Biografiya
2005-2008-yy. – Oltinsoy sanoat kasb-hunar kolleji rus tili fani o‘qituvchisi.
2008-2011-yy. – Oltinsoy sanoat kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vvb.
2011-2017-yy. – Oltinsoy sanoat kasb-hunar kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
2017-2019-yy – Oltinsoy pedagogika kolleji direktori.
2019-2020-yy – Termiz davlat universiteti Denov filiali ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi mutaxassisi.
2020-2020-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2020-2021-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i.
2021-2022-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2022-2023-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
2023-2025-yy – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti dekani
2025-yil 1-martdan h.v – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Registrator ofisi boshlig‘i.
Registrator ofisining tashkil etilishi haqida
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Registrator ofisi” faoliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 73-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Institut rektorining 2025-yil 1-mart sanasidagi
40-A-sonli buyrug‘iga, “Registrator ofisi” to‘g‘risidagi namunaviy nizomga asoslanib, ichki nizom ishlab chiqilgan, tasdiqlangan, ushbu nizom asosida talabalar va professor-o‘qituvchilarga 80 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
“Registrator ofisi”i ikkita, ya’ni “Xizmat ko‘rsatish” (front office) va “Ma’lumotlar bazasi” (back office) bo‘limlaridan iborat.
Ushbu bo‘limlar tarkibida 7 ta sektor tashkil etilgan, jumladan:
- Talabalarga xizmat ko‘rsatish sektori.
- Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori.
- Marketing va amaliyotlarni tashkil etish hamda buxgalteriya bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori.
- Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori
- Statistik ma’lumotlarni yuritish sektori.
- O‘quv jarayonlarini muvofiqlashtirish sektori.
- Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori.
Registrator ofisi faoliyati haqida
Registrator ofisi o‘z faoliyatini: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qaror va buyruqlari, institut rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek ofis Nizomiga muvofiq olib boradi.
Registrator ofisi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari
- Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
– QR kodli diplom shakllantirish;
– akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
– akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
– bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
– diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
– imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
– imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
– institut talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
– institutga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
– institutning magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
– oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
– stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
– talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
– talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
– talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
– talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
– talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
– talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
– talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
– talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
– talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
– talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
– talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
– talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
– talabalarning parolini tiklash;
– talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
– talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
– talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
– tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
– oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
– oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.
- Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
– talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
– ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
– institutda mavjud sport va san’at to‘garaklari, kasb-hunarga o‘rgatuvchi hamda xorijiy til kurslari haqida ma’lumot berish;
- Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
– talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
– turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
– oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
– xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
– xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
– xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
– xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
– xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
- Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
– birinchi kursga qabul qilingan talabalarga kontrakt.edu.uz billing tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlarida ko‘maklashish;
– qayta oʻqishga shartnoma berish;
– stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
– hisob varagʻini shakllantirib berish;
– talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
– talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
– talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
– talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
– toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
– bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.
- 5. Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
– grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
– ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
– innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
– nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
– ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
– ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.
- 6. Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:
– talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
– oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
– talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
– talabalarga institutda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.