Rahbar va xotin-qizlar muloqoti: Yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar
11/09/2026
2026 yil 11-sentyabr kuni soat 14:00 da Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi yig’ilishi bo’lib o‘tadi. Yig’ilishda ta’lim muassasining barcha xotin-qiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tyutorlari hamda tozalik xodimlari ishtirok etishlari lozim.
Yig’ilishda ko‘riladigan masalalar: 1. Yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalarni belgilash hamda ish samaradorligini oshirish masalalari. Rektor O.Ruziyev.
2. Xotin-qizlar maslahat kengashining yillik ish rejasida belgilangan 1-band- xotin-qizlarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlari institutning ichki hujjatlari bilan ayol xodimlarni tanishtirish. Xotin-qizlar maslahat kengashi N.Xasanova.
3. Institutda ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, Xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ichki tartib-qoidalar. 1-prorektor A.Mengliboyev.
4. Xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash hamda talaba-qizlar bilan hamkorlik masalalari. Ularga ijtimoiy psixologik yordam ko’rsatish. Psixolog D.Xolmuminova.
5. Turli masalalar. Savol javoblar. Manzil: Sh.Rashidov kochasida joylashgan binoning faollar zali.