📌 Mamlakatimizda 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo’lib o’tmoqda.
⚡️ Ayni paytda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining test sinovlari o‘tkaziladigan manzillarida imtihon jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan.
Abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etilgan.
🔹 Test sinovlarining ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilgan.
⚡️ Quvonarlisi bu yerda mutolaa, shaxmat-shashka o‘yinlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ota-onalar vaqtlarini samarali o‘tkazish imkoniyati mavjud.