Yiḡilişda 2025-2026 ōquv yilining kuzgi semestri yakuniy nazoratlarini belgilangan tartib va amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida sifatli taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, yakuniy nazoratlar jarayonida HEMIS axborot tizimida aniqlangan kamçiliklarni ōz vaqtida bartaraf etiş, texnik va taşkiliy muammolarni oldini oliş bōyiça tegişli tavsiya va kōrsatmalar berildi.
Bundan taşqari, 2025-2026 ōquv yilining bahorgi semestri ōquv jarayonini boşlaşga puxta tayyorgarlik kōriş, juft semestrga ōtiladigan fanlar bōyiça ōquv-uslubiy resurslarni HEMIS axborot tizimiga belgilangan muddatlarda joylaştiriş, fan sillabuslari, ōquv materiallari hamda nazorat şakllarini tōliq şakllantiriş yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.