Ōzbekiston–Xitoy arxeologik ekspeditsiyasi: Çinortepada qadimiy tarix izlari ōrganilmoqda

22/05/2025

Samarqand arxeologiya instituti, Xitoyning Şimoli-ḡarbiy universiteti (Sian) hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti olimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida joylaşgan qadimiy Çinortepa arxeologik yodgorligida 2023-yildan buyon keng kōlamli ilmiy qazişma işlari olib borilmoqda.

Uşbu xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy ekspeditsiyada qadimiy tamaddunlar, keçirilgan turmuş tarz, madaniyati va tarixiy rivojlaniş bosqiçlarini çuqur ōrganiş nazarda tutilgan.