Ōzbekiston tarixi fanidan amaliy maşḡulot — Said Otaliq madrasasida
14/10/2025
🏛 Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining 2019-yil 13-apreldagi 340-sonli buyruḡiga asosan, 2025-yil 13-oktyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti Tarix taʼlim yōnalişi 2-bosqiç 11T-24 guruhi talabalari uçun Ōzbekiston tarixi fanidan navbatdagi maʼruza maşḡuloti ōtkazildi.
✅ Mazkur maşḡulot Buxoro xonligi davriga oid tarixiy yodgorlik — Denov şahrida joylaşgan Said Otaliq madrasasi hududida taşkil etildi. Dars jarayonida talabalarga madrasa tarixining yaratiliş bosqiçlari, uning ōziga xos meʼmoriy uslubi, bezak sanʼati hamda Buxoro xonligi davridagi ilmiy-maʼrifiy hayotdagi ōrni haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
📍 Tarix va falsafa kafedrasi ōqituvçisi Tarix fanlari bōyiça falsafa doktori, PhD B.Nazirov tomonidan ōtkazilgan uşbu amaliy maşḡulot davomida talabalar qadimiy madrasa meʼmorçiligini kuzatib, uning ōz davrida nafaqat diniy-taʼlimiy markaz, balki ijtimoiy-maʼnaviy hayot markazlaridan biri bōlganini bilib oldilar.
🔰 Mazkur tadbir Ōzbekiston tarixini ōrganişda amaliy yondaşuvni kuçaytiriş, ōquv jarayonini tarixiy obidalar bilan uyḡunlaştiriş orqali talabalar bilimini yanada mustahkamlaşga qaratilgan.