O‘zbekiston (Surxondaryo) — Xitoy investitsiya forumi
15/08/2026
15-avgust kuni O‘zbekiston (Surxondaryo) — Xitoy investitsiya forumi doirasidagi asosiy tadbirlar “Termiz xalqaro savdo markazi”da bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev boshchiligidagi institut delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiyasining mazkur forumdagi ishtiroki institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va investitsiya yo‘nalishlaridagi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.