Ōzbekiston delegatsiyasi Kulobdagi xalqaro forumda qatnaşmoqda

20/06/2025

Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati Kulob şahrida “Xatlon – turizmning qaynoq yuragi” mavzusida xalqaro turizm forumi kōrgazmasi ōtkazilmoqda.
Koreya, Eron, Rossiya, Xitoy, Qirḡiziston, Turmaniston kabi ōnga yaqin davlat vakillari iştirok etayotgan tadbirda surxondaryolik turizm sohasi mutaxassislari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti olimlari, sanʼatkorlar, baxşilar, şuningdek, Qaşqadaryo viloyati turizm boşqarmasi vakillari ham qatnaşmoqda.

Xatlon viloyatining tarixiy obidalari, milliy hunarmandçiligi, urf-odatlari keng tarḡib qilinayotgan tadbir hududning turistik jozibadorligini namoyiş etuvçi kōrgazma bilan tanişişdan boşlandi.

Tadbirning tantanali oçiliş marosimida Xatlon viloyati hokimi Davlatali Said forum qatnaşçilarini tabriklab, hududning turistik imkoniyatlari va sayyohlar uçun turistik qulay muhit yaratiş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar haqida atrofliça maʼlumot berdi.
Xalqaro tadbirda Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari delegatsiyasi mamlakatimizning boy turistik salohiyatini taqdim etadi. Turistik kompaniyalar, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ōzaro hamkorlik tōḡrisida memorandum imzolaydi.

Forum tadbirlari şōbalarda davom etadi.