O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Professor

0

Dotsent

0

Katta o‘qituvchi

0

O‘qituvchi

0

PhD va DSc

0

Umumiy ma’lumot

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi institut rektorining 2020-yil 2-noyabrdagi 39-PU-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Kafedra Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibida milliy til va adabiyotning nazariy hamda amaliy jihatlarini chuqur o‘rganish, o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, yuqori malakali filolog kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Kafedra tashkil topgan davrdan boshlab o‘zbek tili nazariyasi, amaliy tilshunoslik, nutq madaniyati, matn lingvistikasi, adabiy tanqid, folklorshunoslik va adabiyot tarixi kabi yo‘nalishlarda ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. Hozirda kafedraga tajribali olimlar rahbarlik qilmoqda. Professoro‘qituvchilar jamoasi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, innovatsion metodlarni qo‘llab, talabalarda mustaqil fikrlash, adabiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Kafedra tarkibida 24 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi, jumladan:

2 nafar fan doktori, 3 nafar falsafa fanlari doktori (PhD), 6 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi, 4 nafar assistent (stajyor-o‘qituvchi)

Bakalavr:

60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish: o’zbek tili (kunduzgi)

60110700-O‘zbek tili va adabiyoti (kunduzgi)

Magistratura:

70111401-O‘zbek tili va adabiyoti

70230104 -Adabiyotshunoslik

Doktorantura:

10.00.01-O‘zbek tili

Ilmiy faoliyat

№ F.I.Sh. Lavozimi Ilmiy ish mavzusi 1 Mamatmurotov Ravshan Boboraimovich Katta o‘qituvchi “Yodgor” dostonining lingvopoetik xususiyatlari 2 Rayimov Qahramon Qurbanaliyevich Katta o‘qituvchi O‘zbek tili reklama matnlarining lingvistik ekspertizasi 3 Xushbaxtova Dilnoza Jaylov qizi O‘qituvchi “Alpomish” dostonining o‘zbek va oltoy versiyalarining qiyosiy-tipologik tadqiqi 4 Eshmamatova Mahliyo Xamzayevna Stajyor-o‘qituvchi Paralell korpusda sintaktik modullarning berilishi (O‘zbek va turk tillari misolida) 5 Saitova Nilufar Djumaydullayevna O‘qituvchi Paralell korpusda sintaktik modullarning berilishi (O‘zbek va turk tillari misolida) 6 Nabiyeva Nodira Saidovna Katta o‘qituvchi Zamonaviy o‘zbek ayollar she’riyatida hijron va iltijo konsepti hamda lirik kechinma uyg‘unligi 7 Eshmirzayev Bahodir Jo‘rayevich O‘qituvchi Tog‘ay Murod asarlarida antroponimlarning leksik-semantik xususiyatlari 8 Amirqulov Sanjar Sayitmurotovich O‘qituvchi Mustaqillik davri rasmiy uslubdagi o‘zbekcha matnlar korpusini lingvistik razmetkalash usullari 9 Boymirzayev Akbarali Katta o‘qituvchi O‘zbek tili izohli lug‘ati uchun so‘z ma’nolarini sharhlashning nazariymetodologik asoslari 10 Dusmuratov Qahramon Mamadiyevich Stajyor-o‘qituvchi O‘zbek epistolyar nasrida retrospektiv syujet va badiiy psixologizm 11 Rozikova Sayyora Xabibullayevna O‘qituvchi Mustaqillik davri dramalarida Amir Temur

Xalqaro hamkorliklar

 O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedra o‘qituvchilari o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etish hamda talaba va o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini tashkil etish yo‘nalishida faol ish olib bormoqdalar. Kafedra quyidagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan: Fırat universiteti (Turkiya), Qozon Federal universiteti (Rossiya), Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston),

Tokat Gazi Osmanposha universiteti (Turkiya) Tajik State University named after Sadriddin Aini

SUVONOV ZAVQIDDIN NORQULOVICH

Ilmiy darajasi: filologiya fanlari doktori

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha

Telefon raqami: +998 99 187 86 05

Elektron pochta: z.suvonov@dtpi.uz

Sotsiolingvistika
Navoiyshunoslik
Kompyuter lingvistikasi
Amaliy o‘zbek tili
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
O‘zbek tili tarixi
Tilshunoslik asoslari
Ifodali o‘qish praktikumi
Sharq tillari
Eski o’zbek yozuvi va fors tili
Badiiy tahlil asoslari
O‘qituvchi nutq madaniyati
Davlat tilida ish yuritish