O'quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
PRIMKULOV BEGALI SHERALIYEVICH
texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori
- Qabul vaqti: Har kuni — 14:00 dan 16:30 gacha
- Telefon: +998 76 228 08 27
- Ichki raqam: 208
Biografiya
- 1984-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan;
- 2006-2010 yillarda Termiz davlat universiteti talabasi;
- 2010-2011 yillarda Termiz iqtisodiyot kolleji fizika fani o‘qituvchisi;
- 2011-2013 yillarda Termiz davlat universiteti magistranti;
- 2013-2014 yillarda Denov Xazorbog‘ iqtisodiyot kolleji fizika fani o‘qituvchisi;
- 2014-2016 yillarda Termiz davlat universiteti fizika kafedrasi o‘qituvchisi;
- 2016-2018 yillarda Denov Sina qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha derektor o‘rinbosari;
- 2018-2019 yillarda Termiz davlat universiteti Denov filiali Pedagogika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
- 2019-2020 yillarda Termiz davlat universiteti Denov filiali O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i.
- 2020 yil Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i.
- 2020-2021 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika va aniq fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari;
- 2021-2022 yillarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i.
- 2022-2023 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani;
- 2023-2025 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i.
- 2025 yildan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i.
Boshqarmani tashkil etilishi haqida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini 2024-yil 13-dekabrdagi
54 q/q-son, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 21-2024-q/q-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 205-son qarorlari hamda Adliya vazirligida 2024-yil
27-dekabrda 2859-4-son bilan Davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan mavjud ayrim bo‘limlarning qisqarishi va bo‘limlarning boshqa bo‘lim tarkibiga kirtilganligi munosabati bilan 2025-yil 7-yanvardagi institut Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘quv-uslubiy bo‘limi negizida “O‘quv-uslubiy boshqarma” tashkil etilgan.
O‘quv-uslubiy boshqarma bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta/lim dasturlarini amalga oshiradigan institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy boshqarma tarkibiga:
– o‘quv-metodik ta’minot bo‘limi;
– ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘limi;
– magistratura bo‘limi;
– talabalar amaliyoti bo‘limi kiradi.
O‘quv-uslubiy boshqarma faoliyati:
O‘quv-uslubiy boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarinfng qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Yazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari va Vazirlik Hay’at qarorlari, institut Ustavi, institut Kengashlari qarorlari, institut rektori buyruqlari hamda “O‘quv-uslubiy boshqarma” Nizomiga muvofiq olib boradi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– institutda ta’lim dasturlarini amaldagi kasbiy standartlar, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” (keying o‘rinl arda – DTS deb yuritiladi) va ta’lim dasturlari (malaka talabi, o‘quv reja, o‘quv dasturlari, sillabuslar) hamda boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlar asosida amalga oshirishni, tashkil etish va boshqarish;
– institutda o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish, o‘quv jarayoni jadvalini shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish, fakultet, kafedra, bo‘lim va markazlarning ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va idoraviy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
– o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilish;
– yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan, zamonaviy o‘qitish usullarini tatbiq etish;
– o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy hujjatlar tayyorlanishida kasbiy standarllar, oliy ta’limning DTS va mpffia talablariga rioya etish;
– nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga, amaliy va kasbiy ko‘nikmalar hamda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish va tizimli monitoringini amalga oshirish;
– monitoring nattjalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va semestr, yil yakunida institut Kengashi muhokamasiga olib chiqish;
– masofaviy va dual ta’lim shakllarida ta’lim oluvchilarning modullarni o‘z vaqtida va sifatli o‘zlashtirishini hamda ishtirokini monitoring qilish;
– professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati hamda o‘qitish sifati va samaradorligini tahlil qilish, baholash hamda ularning kasbiy va pedagogik mahoratlarini yuksaltirishga oid tadbirlarni tashkillashtirish;
– talabalar bilimini nazorat qilish va baholash faoliyatini muvofiqlashtirish;
– Registrator ofisi bilan hamkorlikda fakultetlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida talabalar kontingentini fakultetlar kesimida jamlash, umumiy hisobini shakllantirish va yuritish;
– yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratilishi, ularning muntazam yangilab borilishini monitoring qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqish;
– institutda ta’lim dasturlarini amalga oshirishning metodik ta’minotini tahlil etib borish va metodik yordam ko‘rsatish;
– institut tuzilmalari faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish uchun o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalarda lokal hujjatlarni ishlab chiqish;
– xalqaro aloqalarga mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar bilan birgalikda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar.