“Obod va fayzli mahalla — yurt kōrki” şiori ostida ezgu taşabbus
22/08/2025
⚡️ 22–23-avgust kunlari yurtimiz bōylab keng miqyosda ōtkazilayotgan umumxalq xayriya haşari doirasida bugun ertalab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham ezgu işlar boşlandi. Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida Moliya-iqtisod işlari bōyiça prorektor Tursunov Dilmurat Xolmuratoviç boşçiligida institut xodimlari bir yoqadan boş çiqarib, obodonlaştiriş işlariga kirişdilar.
📌 Bu haşarda faqat maşaqqatli mehnat emas, balki mehr, birdamlik, insoniylik va fidoyilik ham mujassam. Institut hovlisi va atrofi supurilib, daraxtlar sayqal topdi, gullar ekildi, yaşil makonlar çaroḡon bōldi. Bu kabi ezgu amallar nafaqat atrof-muhitni obod qiladi, balki qalblarni ham poklab, mahallamiz va yurtdoşlarimizga fayz baxş etadi.