Nodavlat notijorat taşkilotlar uçun ijtimoiy buyurtma beriş bōyiça loyihalar tanlovi
15/09/2025
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi eng dolzarb muammolar yeçimiga qaratilgan ijtimoiy loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yōnalişlar bōyiça amalga oşiriladi: ➖taʼlim tizimini rivojlantiriş va sifatini oşiriş; ➖ilmiy tadqiqot işlarini qōllab-quvvatlaş; ➖innovatsiyalarni joriy etiş va tarqatiş; ➖taʼlim jarayonini raqamlaştiriş; ➖yoş olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qōllab-quvvatlaş; ➖inklyuziv taʼlimni rivojlantiriş; ➖taʼlim infratuzilmasini rivojlantiriş.
Taqdim etiladigan hujjatlar: ♦️ariza; 🔹ijtimoiy buyurtmani bajarişning batafsil tasnifi; 🔹davlat rōyxatidan ōtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi; 🔹NNT ustavining nusxasi; ♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma; 🔹litsenziya nusxasi.
Tanlov uçun loyihalar ariza namunasi (https://api-portal.gov.uz/uploads/ba4076b5-ca0b-0c64-d56f-65fcb97dfe47_media_.docx) bōyiça 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.